← Xaritaga qaytish

Jahon Otin Uvaysiy uy-muzeyi

Farg'onaFarg'ona viloyati
O‘zbekitson Respublikasi. Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri, Moviy Osmon 21-uy. Jahon Otin Uvaysiy uy muzeyi Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyini 2006 yilda keng nishonlash maqsadida Farg‘ona viloyat hokimining 2007 yildagi qaroriga asosan tashkil etilgan. Muzey binosi 2006 yili maxsus qurilgan. Muzey ekspozitsiya va ko‘rgazma zallari XIX asr o‘zbek shoirasi Jahon Otin Uvaysiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Ekspozitsiyada Jahon Otin Uvaysiyning shaxsiy buyumlari va shu davr ichiga olgan adabiyot muxiti namoyish etilgan. Jahon Otin Uvaysiy ijodini o‘rganayotgan yozuvchi va shoirlarning asarlari ham aks ettirilgan. O‘zbek xalqining XIX asrga doir o‘zbek adabiyoti aks ettirilgan. Muzeyda 400 donadan ortiq eksponat mavjud. Muzey eksponatlari Jahon Otin Uvaysiy shaxsiy buyumlaridan: lagan, piyola, qadimgi sondiqlaridan iborat.