← Xaritaga qaytish

Marg`ilon shahri tarixi va madaniyati muzeyi

MargʻilonFarg'ona viloyati
Marg‘ilon shahar tarixi muzeyi 2006 yil Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyini keng nishonlash maqsadida Farg‘ona viloyat hokimining 2007 yildagi qaroriga asosan tashkil etilgan. Muzey binosi 1974 yilda maxsus qurilgan. Muzey ekspozitsiyasida Marg‘ilon shahrining qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan davri aks ettirilgan. Muzeyda Marg‘ilon tarixi, madaniyati, o‘zbek xalqining turmush tarzi va mustaqillik yillari ekspozitsiyalari aks ettirilgan. Muzeyda 6383 donadan ortiqroq eksponatlar saqlanmoqda. Muzeyda faqat Marg‘ilonga mansub noyob amaliy sanʼat buyumlari: milliy kashtachilik, kiyim-kechaklari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, daraxtdan yasalgan buyumlar, zargarlik buyumlari namoyish etilgan.